Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi
Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyev o‘z Telegram kanalida xabar berdi.
«Muloqot davomida yirik loyihalar portfelini muhokama qildik. DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi hamda investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi», — deydi Saida Mirziyoyeva.
Shu bilan birga, 2026 yil davomida qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish rejasi ham bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.





