Saida Mirziyoyeva Xorazmda ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi
Prezident administratsiyasi rahbari Xonqa tumanidagi ta’mirtalab maktab va avariya holatidagi bog‘chani ko‘zdan kechirdi.
© Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiSaida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga xizmat safari davomida hududning ijtimoiy rivojlanishiga qaratilgan qarorlar ijrosini o‘rgandi. Ushbu jarayonda ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.


Xizmat safari davomida ta’lim muassasalaridagi real holatni joyiga borgan holda o‘rganildi. Xususan, Xonqa tumanidagi ta’mirga muhtoj 2-maktab hamda uzoq vaqt qarovsiz qolib, avariya holatiga kelgan 49-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rganildi.

Ta’limda muammolar
Aniqlangan holatlar ta’lim infratuzilmasini yaxshilash zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ayrim binolarning texnik holati talabga javob bermasligi, ta’mir ishlarini tezlashtirishni talab etmoqda.


Saida Mirziyoyeva, shuningdek, Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ham bo‘ldi. Hozirda o‘quv auditoriyalari va akademiyaning bo‘lajak tarbiyalanuvchilari uchun mo‘ljallangan maktab-internat bitta binoda joylashgani bildirildi. Kelgusida qo‘shimcha bino qurilib, har bir muassasa alohida va to‘laqonli sharoitga ega bo‘ladi.





