«SelectUSA» investitsiya sammiti: Qozog‘iston AQSH bozorini zabt etmoqda

Qozog‘iston AQSH biznesini jalb qilish bilan birga o‘z loyihalarini AQSH iqtisodiy infratuzilmasiga integratsiya qilishga kirishdi.

«SelectUSA» investitsiya sammiti: Qozog‘iston AQSH bozorini zabt etmoqda

Qozog‘iston Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari ichida AQSH hukumatining investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha asosiy maydonlaridan biri — «SelectUSA» investitsiya sammitida o‘z loyihalarini taqdim etgan birinchi mamlakat aylandi. Bu haqda «Kazinform» axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, «strategik sektorlar va AQSH bozoriga chiqish imkoniyatlari» mavzusidagi davra suhbati doirasida sanoat, agrotexnologiyalar, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati va raqamli biznes sohasidagi 30 ta Qozog‘iston kompaniyasi AQSH bozori talablariga moslashish va kengayishga yo‘naltirilgan loyihalarini namoyish etgan.

Tadbirda ikki mamlakat biznes doiralari, davlat tuzilmalari va investitsiya hamjamiyatining 120 ga yaqin vakili, jumladan, AQSH Savdo vazirligi va mintaqaviy investitsiya agentliklari ishtirok etgan.

Yangi bozor imkoniyatlari

Muloqotning asosiy mavzusi AQSH bozoriga chiqish mexanizmlari: biznesni lokalizatsiya qilish, tartibga soluvchi talablarga moslashish, sheriklar izlash va investitsiyalarni jalb qilish bo‘lgan.

Uchrashuv Vashingtonning Qozog‘iston xom ashyo bazasiga, ayniqsa o‘ta muhim minerallarga bo‘lgan qiziqishi ortgan bir paytda bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Astanaga «Apple», «Boeing» va «Chevron» kabi yirik korporatsiyalar vakillari tashrif buyurib, yangi kooperatsiya zanjirlarini muhokama qilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид