Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

Uchrashuvda Prezident Chakrabarti bilan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va investitsiya masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Maslahatchining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, umumta’lim muassasalari salohiyati va investorlar bilan strategik kommunikatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Iqtisodiy islohotlar, davlat boshqaruvi, ta’lim sohalaridagi ilg‘or xalqaro tajriba va strategik rejalashtirish amaliyotini izchil joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, xalqaro maydonda mamlakat investitsiya salohiyatini targ‘ib qilishni yanada kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Теглар

Мавзуга оид