Logo

Sotuvchilar «Wildberries» va «Ozon»ni ommaviy ravishda sudga bermoqda

Бугун 20:451 дақиқа

Rossiyaning eng yirik marketpleyslari — «Wildberries» va «Ozon» omborlariga qilingan dron hujumlaridan so‘ng, ushbu platformalar ustidan ommaviy sud da’volari boshlandi. 400 mingdan ortiq sotuvchi jabr ko‘rgan mazkur holatda umumiy zarar 800 milliard rublgacha baholanmoqda.

Sotuvchilar «Wildberries» va «Ozon»ni ommaviy ravishda sudga bermoqda

Rossiyaning «Wildberries» va «Ozon» marketpleyslari ustidan sotuvchilar ommaviy ravishda sudga shikoyat qilmoqda. Bunga platformalarning omborlariga qilingan dron hujumlari va oqibatda ko‘rilgan milliardlab zarar sabab bo‘lgan. Bu haqda «Kommersant» nashri ma’lum qildi.

«SPARK» tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 15-iyuldan 15-sentabrga qadar «Wildberries» («RVB» MCHJ) ustidan 599 ta ariza kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 foizga ko‘p. O‘z navbatida, «Ozon» («Internet Resheniya» MCHJ) ga nisbatan 236 ta yangi da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar ziyod.

Yo‘qotilgan tovarlar va murakkab sud jarayonlari

Qayd etilishicha, shikoyatlarning asosiy qismi onlayn-savdo bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes vakillaridan tushmoqda. Marketpleyslar va tadbirkorlarni rivojlantirish xalqaro assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida 400 mingdan ortiq sotuvchi jabr ko‘rgan. Yetkazilgan umumiy zarar esa 600–800 milliard rubl atrofida baholanmoqda.

Marketpleys sotuvchilari uyushmasi vakillarining aytishicha, «Wildberries» va «Ozon»ga qarshi da’volar asosan tovarlarning yo‘qotilishi ortidan ko‘paygan.

«Sotuvchilarning zararni undirish bo‘yicha da’volari marketpleyslarga bungacha qilingan e’tirozlardan ko‘ra ancha murakkab», — deydi Tadbirkorlik va iqtisodiyotni rivojlantirish instituti direktori Artur Gafarov.

Ekspertning qayd etishicha, sud jarayonlarida platformalar vaziyatni fors-major holatlari bilan izohlashga urinmoqda. Bu esa ularni tovon puli to‘lash majburiyatidan ozod qilishi mumkin.

Теглар