Toshkentda «Gelik»ni soatiga 222 km tezlikda boshqargan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Кеча 22:492 дақиқа

Ularga mayda bezorilik va ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bo‘yicha ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkentda «Gelik»ni soatiga 222 km tezlikda boshqargan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda Mercedes-Benz (Gelendvagen) mashinasini soatiga 222 km tezlikda haydagan va unga noqonuniy ravishda «migalka» o‘rnatgan ikki yigit 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev xabar berdi.

Qayd etilishicha, I.K. va Sh. A. mart oyi boshida Sergeli tumani Fayziy ko‘chasida Mercedes-Benz mashinasiga noqonuniy ravishda «migalka» moslamalarini o‘rnatib olib, bir holatda 210, yana bir holatda 222 kilometr soatdan oshiqroq tezlikda harakatlangan hamda yo‘l va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.

Ta’kidlanishicha, ular bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Sodir etgan harakatlarining huquqiy va ma’naviy ahamiyati tushuntirilgan va qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga taqdim etilgan.

«Men bu darajada bo‘lib ketadi deb o‘ylamagandim, ya’ni qonun ustuvorligini haqiqatan jazo muqarrarligini bizga ko‘rsatib berishdi bu narsani. Boshqa qilmoqchi bo‘lgan insonlarga bunaqa narsalarni tavsiya ham qilmayman. Ya’ni ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yib, yo‘l harakati qoidalarini buzmasligini so‘rab qolaman. Agarda kimda kim yo‘l harakati davomida kimdirga xalaqit berib qo‘ygan bo‘lsa, ming bor uzr so‘rayman. Xalqimdan ham uzr so‘rayman», — deydi yigitlardan biri.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qarori bilan, ularnining har ikkisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

YHXB yuqoridagi shaxslarning qonunbuzarliklaridan jabrlangan fuqarolardan yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqamlariga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Теглар

Мавзуга оид