Ulug‘bek Davlatov: «Antifraud» tizimi soddalashtiriladi»

Кеча 22:531 дақиқа

Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining o‘z nomi va faoliyati ko‘rsatilgan peshlavhalari uchun pasport talab etilmaydi hamda «Antifraud» tizimi barcha SMS xabarlar uchun emas, faqat shubhali o‘tkazmalar uchun joriy qilinadi.

Ulug‘bek Davlatov: «Antifraud» tizimi soddalashtiriladi»

Antifraud» tizimini qo‘llash tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov «O'zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Prezidentga taqdim etilgan va ma’qullangan takliflarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining o‘z nomi va faoliyat turi ko‘rsatib o‘tilgan peshlavhalari hamda ma’lumotlari uchun alohida pasport talab etilmaydi.

Avvalroq bunday lavhalarning reklama sifatida baholanishi, pasportlashtirilishi yoki demontaj qilinishi tadbirkorlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgandi.

Shuningdek, to‘lov tizimlarida firibgarlikka qarshi joriy etilgan «Antifraud» tizimi bo‘yicha ham o‘zgarishlar kiritilmoqda:

• 22-apreldan barcha SMS xabarlar uchun joriy qilinishi belgilangan ushbu tizim endilikda faqat shubhali hisoblangan pul o‘tkazmalari uchun qo‘llaniladi.

• To‘lovlarni tasdiqlash SMS xabar orqali yoki biometrik autentifikatsiya vositasida amalga oshirilishi taklif etildi.

Tizimdan foydalanish narxlarini arzonlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ulug‘bek Davlatovga ko‘ra, mazkur yechimlar tadbirkorlik subyektlarini o‘ylantirib kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish orqali hayotga tatbiq etiladi.

Мавзуга оид