Logo

«Yangi Toshkentga investitsiya kiriting!» chat-boti ishga tushirildi

Бугун 20:021 дақиқа

Investitsiya loyihalarini taklif etish uchun yangi onlayn xizmat ishga tushirildi. Endi investorlar tashabbuslarini masofadan turib taqdim etishi mumkin.

«Yangi Toshkentga investitsiya kiriting!» chat-boti ishga tushirildi

Yangi Toshkentda investitsiya loyihalarini taklif etish uchun yangi onlayn xizmat ishga tushirildi. Investitsiya loyihalarini Telegramdagi @yt_investitsiya_bot chat-boti yoki «Yangi Toshkent»ning rasmiy sayti orqali taklif etish mumkin. Xizmat o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida ishlaydi.

Dastlabki bosqichda loyiha konsepsiyasini taqdim etish kifoya. Har bir arizaga ro‘yxatga olish raqami beriladi va investor keyingi jarayonlar haqida ma’lumot oladi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi uch yilda Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar hududda umumiy qiymati 50 milliard dollardan ziyod loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Теглар

Мавзуга оид