Yulduz Usmonova: «Agar siz, yahudiylar, sionistlar, meni uzr so‘raydi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qattiq adashasiz»

Бугун 19:491 дақиқа

Xonanda Nyu-Yorkdagi konserti bekor bo‘lgach, «Instagram» orqali chiqish qilib, o‘z pozitsiyasida sobit ekanini bildirdi.

Yulduz Usmonova: «Agar siz, yahudiylar, sionistlar, meni uzr so‘raydi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qattiq adashasiz»

Bruklindagi «Oceana» teatri ma’muriyati AQSHning Nyu-York shahrida rejalashtirilgan xonanda Yulduz Usmonovaning konserti bekor qilinganini e’lon qildi.

Bu qaror Respublikachilar partiyasidan Nyu-York shtati gubernatorligiga nomzod Bryus Bleykman ishtirokidagi norozilik namoyishlari fonida qabul qilindi.

Shundan so‘ng Usmonova «Instagram» sahifasida video e’lon qilib, unda Falastinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va uzr so‘rash niyati yo‘qligini aytdi.

Xonandaning bayonoti

«Agar siz, yahudiylar, sionistlar, meni uzr so‘raydi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qattiq adashasiz. <...> Men zo‘ravonlikka qarshiman. Bu — birinchidan. Ikkinchidan, Falastin doimo ozod bo‘lsin, bu ularning yeri. Tushunyapsizmi? Men har doim qaytaraman: balki siz qadimiy xalqdirsiz, lekin Isroil — yangi davlat. Amerika Isroil emas, tushunyapsizmi? Shuning uchun o‘zingizni xo‘jayin deb hisoblamang», — dedi u.

Siyosiy bosim va norozilik

Avvalroq, xonandaning konsertiga mahalliy siyosatchilar, jumladan, Nassau okrugi rahbari va shtat gubernatorligiga nomzod Bryus Bleykman, shuningdek, Nyu-York shtati Assambleyasi a’zolari Maykl Novaxov va Alek Bruk-Krasniy qarshi chiqqan edi.

Ular Usmonovani antisemitik bayonotlarda ayblagan. Siyosatchilarning so‘zlariga ko‘ra, xonandaga ushbu gaplarini ommaviy ravishda inkor etish va uzr so‘rash taklif qilingan, biroq u buni rad etgan.

Теглар

Мавзуга оид