Logo

Apple’ning birinchi buklanadigan smartfoni narxi $2000 etib belgilandi

Bugun 00:312 daqiqa

Qurilma 7,5 dyuymli ichki va 5,4 dyuymli tashqi displey, ikkita batareya hamda iPhone 18 Pro-ga o‘xshash kamera tizimi bilan jihozlangan. iPhone Duo-ga oldindan buyurtmalar 16-oktabrdan qabul qilinadi, do‘konlarda 23-oktabrdan sotuvga chiqariladi.

Apple’ning birinchi buklanadigan smartfoni narxi $2000 etib belgilandi

Apple kompaniyasi yangi iPhone Duo buklanadigan smartfonini taqdim etdi. Qurilma kompaniyaning buklanadigan smartfonlar bozoridagi ilk modeli bo‘lib, ochilgan holatda Apple tarixidagi eng yupqa smartfon hisoblanadi.

1

iPhone Duo istalgan burchakda buklanadi

Smartfon buklanish jarayonini ushlab turuvchi yangi mexanizm bilan jihozlangan. Qurilmani istalgan burchak ostida ochish va shu holatda qoldirish mumkin. Magnitlar esa qurilmani buklash va ochishni yanada qulaylashtiradi.

2

iPhone Duo ikkita displeyga ega. Ichki ekranining diagonali 7,5 dyuym, tashqi ekran esa 5,4 dyuymni tashkil etadi.

Har ikkala ekranda ham old kamera mavjud. Tashqi displeydagi kamera ko‘rinib turadi, ichki ekrandagi kamera esa displey ostiga joylashtirilgan.

Interfeys iPhone va iPad-ni birlashtiradi

Qurilmaning dasturiy ta’minotida iOS va iPadOS elementlari birlashtirilgan. Tashqi ekranda ilovalar doki hamda kontekstli boshqaruv elementlari o‘ng tomonga joylashtirilgan.

3

Batareya, mobil aloqa va Wi-Fi belgilarining dizayni ham o‘zgartirilgan. Smartfon buklanganda yoki ochilganda interfeysdagi elementlar yumshoq tarzda xiralashib, yangi holatga moslashadi.

iPhone Duo korpusi iPhone Air-dagi kabi titan qotishmasidan tayyorlangan. Qurilmada Touch ID o‘rniga Face ID biometrik tizimidan foydalanilgan.

Ikki batareya 44 soatgacha video ko‘rish imkonini beradi

Smartfon ikkita batareya bilan jihozlangan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi ekranda 44 soatgacha, ichki displeyda esa 31 soatgacha video tomosha qilish mumkin.

4

Qurilmada energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi C2 modemi ham qo‘llangan.

Kamera tizimi iPhone 18 Pro-dagi yechimga o‘xshash. Unda 48 megapikselli asosiy kamera va f/1.6 diafragmali obyektiv, shuningdek, 48 megapikselli ultra keng burchakli kamera mavjud. Biroq buklanadigan modelda o‘zgaruvchan diafragma funksiyasi qo‘llanmagan.

5

iPhone Duo-ning narxi $2000 etib belgilangan. Qurilmaga oldindan buyurtmalar 16-oktabrdan, chakana savdo esa 23-oktabrdan boshlanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Apple’ning birinchi buklanadigan smartfoni narxi $2000 etib belgilandi | Vaqt.uz