add

Iflos havo: bir kunda necha dona sigareta «chekayotganingizni» bilasizmi?

02.12.2025 | 17:384722 daqiqa

Dunyoda havo ifloslanishi shunday darajaga yetdiki, ayrim mintaqalarda insonlar yil davomida yuzlab sigaretaga chekkanga teng zaharli moddalarni nafas orqali yutayotgan bo‘lib chiqmoqda.

Iflos havo: bir kunda necha dona sigareta «chekayotganingizni» bilasizmi?

Katta yoshdagi bir inson kuniga o‘rtacha 11 ming litr havo nafas oladi. Toza havo sog‘liq uchun foydali bo‘lgani kabi, butun dunyo bo‘ylab havo tarkibidagi zaharli moddalar eng xavfli ekologik omillardan biri sanaladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, havo ifloslanishi har yili 7 millionga yaqin insonning barvaqt o‘limiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislar ayniqsa PM2.5 — inson sochidan 30 barobar kichik bo‘lgan zararli mayda zarrachalar haqida ogohlantiradi. Dvigatel chiqindilari va turli yonilg‘i yong‘inlaridan chiqqan ushbu zarrachalar o‘pkaning eng chuqur qismiga yetib boradi va qon aylanish tizimiga kirib ketadi.

«Tobacco Control» tadqiqotiga ko‘ra, bitta sigareta tutuni dizel motor chiqindisiga nisbatan 10 barobar ko‘proq PM2.5 chiqaradi. Biroq chekishni tashlash oson bo‘lsa, shahar va xona ichidagi havodagi zaharli zarrachalardan qochish ancha mushkul.

Dunyoda havo sifati juda keskin farq qiladi. Ayrim shaharlarda havodagi PM2.5 miqdori shunday darajaga yetganki, statistik hisob-kitobga ko‘ra, insonlar bexabar holda har yili yuzlab sigareta chekkanga teng zahar iste’mol qilmoqda. Bunday qiyos insonlarga xavf darajasini oddiy va tushunarli shaklda yetkazish uchun ishlatiladi.

Xalqaro ekologik platformalar va sog‘liqni saqlash tashkilotlari havo sifati ma’lumotlarini qayta ishlab, har bir mamlakat fuqarosining «iflos havo tufayli qancha sigareta chekkanday bo‘lyapti» degan ko‘rsatkichni hisoblab chiqmoqda. Masalan, havosi o‘ta iflos mintaqalarda yashovchi insonlar uchun bu ko‘rsatkich yiliga 800–1000 sigaretaga teng bo‘lishi mumkin.

Bunday taxminlar aholini xavfdan xabardor qilish va davlatlarga qat’iy ekologiya siyosati yuritish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi. Ekologik islohotlar, avtomobil chiqindilarini kamaytirish, yashil energetikaga o‘tish va xavo monitoringi tizimlarini yangilash — odam salomatligini saqlashning eng muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid