Amir Temur xiyoboni atrofida yerusti piyodalar o‘tish yo‘llari qayta joriy etiladi

Бугун 13:251 дақиқа

Poytaxt markazida transport va piyodalar harakatini yaxshilash maqsadida yangi «aqlli» svetoforlar va xavfsizlik orolchalari o‘rnatiladi.

Amir Temur xiyoboni atrofida yerusti piyodalar o‘tish yo‘llari qayta joriy etiladi

Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni atrofida piyodalar o‘tish joylarini qayta tashkil etish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Ushbu loyiha transport harakati sxemasini takomillashtirish orqali avtomobillar oqimini optimallashtirish bilan birga, hududda piyodalar xavfsizligini oshirishni maqsad qilgan.

Yangi yechimlar

Loyiha doirasida Sayilgoh ko‘chasidan (Brodvey) xiyobonga olib o‘tuvchi qismda joylashgan metall to‘siqlar to‘liq olib tashlanadi. Ularning o‘rniga zamonaviy «aqlli» svetoforlar o‘rnatilib, piyodalar harakati tartibga solinadi.

Shuningdek, Maxtumquli ko‘chasi tomonida, Forumlar saroyi yaqinida, Amir Temur ko‘chasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi kirish qismida xavfsizlik orolchalari barpo etiladi. Bu yerlarda tartibga soluvchi svetoforlar ham joriy qilinadi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar

Temuriylar tarixi muzeyi hamda O‘zbekiston mehmonxonasi yonida turistik avtobuslar uchun maxsus to‘xtash joylari tashkil etish rejalashtirilgan. Bu esa sayyohlar uchun qulaylikni oshirishga xizmat qiladi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar amalga oshirilgandan so‘ng aylana yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 5,6 mingtadan 6 mingtagacha avtomobilgacha oshishi kutilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид

Amir Temur xiyoboni atrofida yerusti piyodalar o‘tish yo‘llari qayta joriy etiladi | Vaqt.uz