Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

Бугун 16:311 дақиқа

14-15-mart kunlari O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati esa +17 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududining asosiy qismida bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanishi prognoz qilinmoqda.

Sinoptiklarga ko‘ra, faqat ayrim viloyatlarda: Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 14-martda kechqurun va 15-mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi havo +8...+13 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa +14...+17 daraja iliqqacha isiydi.

Kechalari ham harorat ko‘tariladi. Mamlakatimiz hududining katta qismida kechalari 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Faqat respublikaning ayrim joylarida kechalari kuchsiz sovuq saqlanib turadi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Toshkentda 13-15-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi +11...+13 daraja iliq, dam olish kunlari esa +13...+15 daraja iliq bo‘ladi. Harorat kechalari -1 daraja sovuq, +4 daraja iliq bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид