Logo

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Umid Mamadaminov va Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Umid M

Umid Mamadaminov

U bunga qadar energetika vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. Mazkur lavozimda avval Baxtiyor Mamatkarimov faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlovgacha Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasida yetakchi inspektor lavozimida ishlagan.

U egamberdiev

Umarjon Egamberdiyev

Tayinlovlar Energetika vazirligi rahbariyati tarkibidagi o‘zgarishlar doirasida amalga oshirildi.

Теглар

Мавзуга оид

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi | Vaqt.uz