Eng yuqori maoshli sohalar ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi ochilishida eng yuqori maoshli tog‘-kon sanoati sohasida ekani ma’lum qilindi.

Eng yuqori maoshli sohalar ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida ishtirok etmoqda. Qiymati 2 milliard 700 million dollarlik mazkur yirik loyiha mamlakat sanoat salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy industrial majmua sifatida baholanmoqda. Shuningdek, konlarni investorlarga berish bo‘yicha yaratilgan shaffof mexanizmlar orqali to‘qqiz yil davomida tarmoqqa 10 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya kiritildi.

Avval qimmatbaho va rangli metallarni qazib olish bilan faqat ikki yirik sanoat kombinati shug‘ullangan bo‘lsa, hozirgi kunda sohada 65 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu esa raqobat muhitini kuchaytirib, yangi texnologiyalar va samarali boshqaruv amaliyotlarining joriy etilishiga xizmat qilmoqda.

Oltin ishlab chiqarish

Oltin ishlab chiqarish hajmi ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Mustaqillikning dastlabki 25 yilida mamlakatda oltin qazib olish 63 tonnadan 87 tonnagacha, ya’ni 24 tonnaga oshgan edi. Keyingi to‘qqiz yilda esa bu ko‘rsatkich yana 31 tonnaga ko‘payib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 118,4 tonnaga yetdi.

Bundan tashqari, 2016 yildan buyon boshqa strategik metallar ishlab chiqarish ham jadal o‘sdi. Jumladan, kumush ishlab chiqarish 1,6 barobarga, uran 2,1 barobarga, mis esa 1,4 barobarga oshdi. Ushbu o‘sishlar natijasida tog‘-kon sanoatida umumiy ishlab chiqarish hajmi 1,7 barobarga ko‘payib, o‘tgan yili 270 trillion so‘mga yetdi.

Eng yuqori maoshlar

Prezidentning ta’kidlashicha, sohadagi korxonalar yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ham ajralib turadi. Ayni paytda ekskavator mashinistlari oyiga 30 million so‘mgacha, burg‘ilash mutaxassislari va katta samosval haydovchilari 40 million so‘mgacha, geolog va marksheyderlar esa 70 million so‘mgacha maosh olishi qayd etilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид