Ertaga havo harorati 30 darajagacha isishi kutilmoqda

Бугун 15:252 дақиқа

25-mart kuni mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib, ayrim hududlarda havo harorati 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ertaga havo harorati 30 darajagacha isishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» ma’lum qilishicha, 25-mart kuni O‘zbekistonda havo harorati 30 darajagacha ko‘tarilib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Respublika bo‘ylab asosan o‘zgaruvchan bulutli va quruq ob-havo saqlanadi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +25...+27 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda +13...+18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metrgacha tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +25...+30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daragacha iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 darajagacha iliq bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид