Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +32 darajagacha ko‘tariladi

Бугун 11:552 дақиқа

27-mart kuni mamlakat hududlarida asosan quruq va iliq ob-havo saqlanadi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +32 darajagacha ko‘tariladi © Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 27-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+15 daraja iliq, kunduzi +27...+29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja iliq, kunduzi +27...+32 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja iliq, kunduzi +27...+32 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja iliq, kunduzi +25...+30 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja iliq, kunduzi +27...+32 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja iliq, kunduzi +23...+28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид