Ertaga O‘zbekistonda havo +25 darajagacha isiydi

18.02.2026 | 13:552 дақиқа

19-fevral kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim hududlarda shamol kuchayishi mumkin.

Ertaga O‘zbekistonda havo +25 darajagacha isiydi © Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 19-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+13 daraja iliq, kunduzi +23...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja iliq, kunduzi +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja iliq, kunduzi +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja iliq, kunduzi +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja iliq, kunduzi +16...+21 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид

Ertaga O‘zbekistonda havo +25 darajagacha isiydi | Vaqt.uz