JCH-2026. Avstraliya Turkiyani mag‘lub etdi, Shotlandiyada ham g‘alaba
OFK jamoalari mag‘lubiyatsiz odimlamoqda — 3 o‘yinda 7 ochko.

Jahon chempionatida 1-tur bahslari davom etmoqda.
S guruhida 28 yillik tanaffusdan so‘ng mundialda qatnashayotgan Shotlandiya debyutant Haitini Makginning goli evaziga mag‘lub etib, peshqadamga aylandi. Avvalroq ushbu guruhda Braziliya Marokash (1:1) bilan durang qayd etgandi.
D guruhida Osiyo vakili Avstraliya Turkiya ustidan g‘alaba qozondi. Oldinroq ushbu guruhda AQSH Paragvayni (4:1) yirik hisobda yenggandi.
E’tiborlisi, OFK jamoalari turnirda mag‘lubiyat nimaligini bilishmayapti. Avstraliyagacha Janubiy Koreya Chexiyadan (2:1) ustun kelgan, Qatar esa Shveysariya (1:1) bilan ochkolarni bo‘lishib olgandi.
JCH-2026. 1-tur. 13-iyun
S guruhi
Haiti — Shotlandiya 0:1
Gol: Makgin (28).
Haiti — Plasid, Karlen, Ade, Delkrua, Eksperiyens, Didson (Kazimir, 61), Danli, Belgard, Providens (Fortun, 85), Piyerro, Izidor (Jozef, 76).
Shotlandiya — Gann, Hiki (Patterson, 75), Henli, Hendri, Robertson, Doak (Kristi, 75), Maktominey, Fergyuson, Makgin (Kyortis, 83), Shenklend (Maklin, 83), Adams (Dayks, 75).
Ogohlantirishlar: Belgard (39), Hiki (46), Kyortis (90+1), Maklin (90+5).
D guruhi
Avstraliya — Turkiya 2:0
Gollar: Irankunda (27), Metkalf (75).
Avstraliya — Bich, Italiano (Geria, 74), Sirsati, Suttar, Berjess, Bos (Behich, 84), Metkalf, O'Nil, Engstler (Irvin, 84), Irankunda (Velupillay, 61), Ture (Yengi, 74).
Turkiya — Chaqir, Chelik (Muldur, 81), Demiral, Bardakchi, Kadio‘g‘li, Yuksak (O‘zjan, 81), Chalxono‘g‘li, Guler, Ko‘kchu (Akgun, 62), Yilmaz (Yildiz, 46), Akturko‘g‘li (Gul, 85).
Ogohlantirish: Akgun (86).





