Logo

JCH-2026. Messidan rekord, Argentina muddatidan avval pley-offda

Бугун 00:091 дақиқа

Amaldagi jahon chempionlari Avstriyani mag‘lub etishdi, Leo dubli bilan mundiallarning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

JCH-2026. Messidan rekord, Argentina muddatidan avval pley-offda

Jahon chempionatida J guruhida 2-tur o‘yinlari boshlandi.

Markaziy bahsda amaldagi chempion Argentina (6) Messining dubli evaziga Avstriya (3) ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

38 yoshli Leo mundiallardagi 17 va 18-to‘plarini kiritib, Miroslav Klozeni (16) ortda qoldirgan holda mutlaq rekordchiga aylandi. 8 karra «Oltin to‘p» sohibi bellashuvda het-trikka erishishi ham mumkin edi, ammo penaltidan foydana olmadi va qatorasiga uchta Jahon chempionatida 11 metrlik nuqtadan adashgan ilk o‘yinchiga aylandi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Toshkent vaqti bilan soat 08:00da Iordaniya (0) va Jazoir (0) bilan bahs yuritadi.

JCH-2026. J guruhi. 2-tur
Argentina — Avstriya 2:0

22-iyun, Arlington
Gollar: Messi (38, 90+5).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Messi (9).
Argentina — E.Martines, Molina, Romero (Otamendi, 57), Lisandro Martines, Medina (Talyafiko, 82), Fernandes, Mak Allister, De Paul (Paredes, 82), Almada (Gonsales, 64), Lautaro Martines (Alvares, 64), Messi.
Avstriya — A.Shlager, Alaba (Fridl, 67), Danso, Posh (Prass, 68), K.Shlager, Vanner (Arnautovich, 68), Gregorich (Chukvuemeka, 85), Zabitser, Zayvald, Laymer, Shmid (Vimmer, 78).
Ogohlantirishlar: Posh (40), Medina (76), Laymer (76), Paredes (90+2).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Мавзуга оид