Kichik biznes O‘zbekiston iqtisodiyotining deyarli yarmini tashkil etmoqda

Бугун 14:302 дақиқа

Kichik tadbirkorlik subyektlari mamlakat eksport va import jarayonlarida hal qiluvchi o‘rinni egallamoqda.

Kichik biznes O‘zbekiston iqtisodiyotining deyarli yarmini tashkil etmoqda © Vaqt.uz

2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,2 mln kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining hisobotida so‘z boradi.

O‘zbekistondagi kichik tadbirkorlik subyektlarining 507 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar, 347,7 mingtasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 353,5 mingtasi dehqon xo‘jaliklari, 22,7 mingtasi hunarmandlar va 900 dan ortig‘i import tovarlari sotuvchilaridir.

1

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari soni (har ming aholiga nisbatan) eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 47,7 birlik, Xorazm viloyatida 45,3 birlik, Sirdaryo viloyatida 39,7 birlik va Navoiy viloyatida 37,7 birlikni tashkil etadi.

Joriy yilning dastlabki uch oyi davomida mamlakatda 22,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilingan bo‘lib, ularning 8,1 mingtasi savdo sohasida, 2,9 mingtasi o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida, 2,6 mingtasi sanoatda va 1,9 mingtasi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi o‘rni

2026 yilning yanvar-martida yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining hajmi 194 762 mlrd so‘mni tashkil qildi yoki umumiy YAIM hajmidagi ulushi 45,6 % ni tashkil etdi.

2

Kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 94,6 foiz, qurilishda 77 foiz, xizmatlar sohasida 47,1 foiz va sanoatda 21,8 foizni tashkil qildi. Yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 79 658,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 27,5 foizni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 118,2 foizni tashkil qildi.

Eksport-import

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar eksporti hajmi 2 878,8 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 49,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, import hajmi 6 615,1 million AQSH dollarini yoki jami importning 54,2 % ini tashkil etdi.

Теглар

Мавзуга оид