Markaziy bank aholini soxta banklardan ogohlantirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nomidan tayyorlangan soxta litsenziya tarqatilayotgani aytilmoqda.
© Foto: Vaqt.uzMarkaziy bank fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank nomidan tayyorlangan soxta litsenziya tarqatilmoqda.
Markaziy bankka ko‘ra, tarqatilayotgan soxta hujjatlarda ko‘rsatilgan «Oltin Oy Kredit» aksiyadorlik-tijorat banki mavjud emas


Shuningdek, Markaziy bank ushbu tashkilotga hech qanday litsenziya rasmiylashtirilmaganligini ma’lum qildi.
«Fuqarolar va tashkilotlarni bunday firibgarlik harakatlaridan ogoh bo‘lishga chaqiramiz», — deyiladi regulyator xabarida.
Ma’lumot uchun, litsenziyaga ega banklar ro‘yxatini ushbu havola orqali Markaziy bankning rasmiy veb-saytidan tekshirib olish mumkin.





