Markaziy Osiyoda go‘sht qayerda eng qimmat va qayerda eng arzon?

Jahon bozoridagi ishlab chiqarish qisqarishi va talabning o‘sishi go‘sht narxlarini oshirmoqda. Ayrim davlatlarda 1 kilogramining narxi 45 dollarga chiqqan bo‘lsa, ba’zi joylarda 4,5 dollarni tashkil etmoqda.

Markaziy Osiyoda go‘sht qayerda eng qimmat va qayerda eng arzon? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Global tendensiya

Mart oyida jahon bozorida go‘sht narxlari o‘sishda davom etdi. «Food and Agriculture Organization» (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, narxlar fevralga nisbatan taxminan 1 foizga, o‘tgan yilga nisbatan esa 8 foizga oshgan.

Dunyo bo‘ylab narx o‘sishi asosan cho‘chqa go‘shti qimmatlashishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ayniqsa Yevropada kuchli sezilmoqda. Shu bilan birga, Braziliyada go‘sht ishlab chiqarish kamaygan. Qo‘y va parranda go‘shti esa biroz arzonlashgan.

Ekspertlar ogohlantirishicha, AQSH va Braziliyada ishlab chiqarish kamayishi, Yevropada esa talab yuqori bo‘lishi tufayli mol go‘shti yanada qimmatlashishi mumkin.

Markaziy Osiyodagi narxlar

Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa go‘sht narxlari jahon darajasiga nisbatan hali ham ancha past hisoblanadi. FAO hisobotida O‘zbekistondagi go‘sht narxi 10,85 dollar qilib ko‘rsatilgan. Bu taxminan 130 ming so‘mga teng.

Tojikistonda esa go‘shtning o‘rtacha narxi 1 kg uchun 10–11 dollar atrofida bo‘lib, bu qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmanistonga qaraganda qimmatroq hisoblanadi.

0

MDHdagi narxlar

MDH davlatlari orasida ham narxlar farq qiladi:

Eng yuqori narxlar: Estoniya (20,48 dollar), Latviya (13,71 dollar), Litva (12,43 dollar)

O‘rtacha guruh: Armaniston (11,59 dollar), Rossiya (10,80 dollar), Ozarboyjon (10,64 dollar), Gruziya (9,91 dollar)

Arzonroq: Belarus (9,25 dollar), Moldova (8,59 dollar), Ukraina (7,22 dollar)

Dunyodagi eng qimmat va eng arzon go‘sht

Eng qimmat mol go‘shti narxi Shveysariyada qayd etilgan – 1 kg uchun 45,72 dollar. Keyingi o‘rinlarda Norvegiya (32,67 dollar), Lyuksenburg (27,09 dollar), Janubiy Koreya (25,23 dollar) va Singapur (25,02 dollar) keladi.

Eng arzon narxlar esa Nigeriya (4,56 dollar), Pokiston (4,70 dollar), Keniya (5,17 dollar), Hindiston (5,33 dollar) va Nepal (5,40 dollar)da kuzatiladi.

Теглар

Мавзуга оид