Markaziy Osiyoda suv iste’moli: Turkmaniston — jon boshiga, O‘zbekiston — umumiy sarfda yetakchi

Бугун 21:251 дақиқа

Suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya tizimlariga sarflanmoqda.

Markaziy Osiyoda suv iste’moli: Turkmaniston — jon boshiga, O‘zbekiston — umumiy sarfda yetakchi

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarni egalladi.

Ushbu ulkan hajm asosan mamlakat iqtisodiyotining ustuni bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sektori va irrigatsiya tizimlariga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston mintaqada eng ko‘p suv iste’mol qilmoqda

Suvdan foydalanishning umumiy hajmi bo‘yicha O‘zbekiston mintaqada yetakchilikni saqlab qolgan. Mamlakat har yili taxminan 54,56 milliard kub metr suv iste’mol qiladi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Turkmaniston egallagan. Mamlakatda yillik suv iste’moli qariyb 27,9 milliard kub metrga yetgan. Keyingi pog‘onada esa 22,77 milliard kub metr ko‘rsatkich bilan Qozog‘iston qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda yillik suv iste’moli taxminan 11,49 milliard kub metrni tashkil qilgan. Qirg‘iziston esa qariyb 8 milliard kub metr bilan mintaqadagi eng past ko‘rsatkichga ega.

Aholi jon boshi bo‘yicha Turkmaniston yetakchi

Aholi jon boshiga suv sarfi bo‘yicha esa Turkmaniston mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda. U yerda bir kishi kuniga o‘rtacha 15 445 litr suv iste’mol qiladi. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan kunlik suv sarfi taxminan 4 778 litrni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston — 4 460 litr va Qirg‘iziston — 4 153 litr bilan qayd etilgan.

Qozog‘iston aholi jon boshiga kuniga 3 397 litr suv sarfi bilan mintaqada eng past ko‘rsatkichni qayd etgan.

Теглар

Мавзуга оид