Logo

May oyida aholi eng ko‘p go‘sht va sut narxi qimmatlashganini sezdi

O‘zbekistonda may oyida sezilgan inflatsiya pasaygan bo‘lsa-da, aholi asosan go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i mahsulotlari narxlari oshganini qayd etdi.

May oyida aholi eng ko‘p go‘sht va sut narxi qimmatlashganini sezdi

2026 yil may oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya aprel oyiga nisbatan 0,8 foizga pasayib, 10,3 foizni tashkil etdi.Bu haqda Markaziy bankning aholi va tadbirkorlar orasida o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarida ma’lumot berilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori inflatsiya Farg‘ona viloyatida qayd etildi — 12,2 foiz. Eng past ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida kuzatilib, 7,9 foizni tashkil etdi.

1



Qimmatlashgan va arzonlashgan mahsulotlar

May oyida asosiy turdagi tovarlar va xizmatlar narxining oshganligini bildirgan respondentlar ulushi aprel oyiga nisbatan kamaygan. Faqatgina benzin va yoqilg‘i narxi qimmatlashganini ma’lum qilganlar ulushi ko‘paygan.

Meva-sabzavotlar, elekt va tabiiy gaz narxini oshgan deb hisoblaganlar ulushi esa o‘zgarmagan.

2



Aholi guruhlari bo‘yicha farqlar

Sezilgan inflatsiya darajasi turli ijtimoiy guruhlarda farq qilmoqda. Eng yuqori ko‘rsatkich pensionerlar orasida — 13 foiz, eng past ko‘rsatkich esa talabalar orasida — 8,9 foiz bo‘lgan.

3



Daromad darajasi yuqori bo‘lgan aholi orasida inflatsiyani sezish darajasi yanada baland bo‘lib, oyiga 30 mln so‘mdan ortiq daromadga ega guruhlarda bu ko‘rsatkich 13,5 foizni tashkil etgan. Biroq bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,2 foizga pasaygani kuzatilgan. Daromadga ega emaslar orasida esa 10 foizni tashkil etgan.

4



Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar eng ko‘p kommunal xizmatlar narxi oshishidan xavotirda ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид

May oyida aholi eng ko‘p go‘sht va sut narxi qimmatlashganini sezdi | Vaqt.uz