Logo

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi

Бугун 16:351 дақиқа

Tashkilot xodimlariga amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi sifatida to‘lab berilgan. Yetmaganiga intizomiy jazo chorasini olgan ishchilarga hali bu jazo amal qilgan davrda 88,5 mln so‘m berilgan.

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi

Migratsiya agentligining mas’ul shaxslari agentlikning amalda ishlamagan ikki xodimi uchun 930 mln so‘m to‘lagani fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashkilotning mas’ul shaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A. ning amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi sifatida to‘lab berib, budjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, intizomiy jazo chorasi qo‘llangan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksining talablariga zid ravishda 8 xodimga 88,5 mln so‘m to‘lab berilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 90 million dollar miqdorida zarar yetkazilgani aytilgan Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi. Sud ajrim chiqarib, majlis ochiq tartibda o‘tkazilishini, biroq uni matbuotda va OAVda yoritish man etilishini ma’lum qildi.

Теглар

Мавзуга оид