Logo

Moliyadagilar fermerlardan qariyb 5,5 baravar ko‘p maosh olmoqda

Бугун 19:022 дақиқа

Yilning ikkinchi choragida eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta sohasida 19,1 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank o‘rtacha ish haqini 7,1 million so‘m etib belgiladi. Eng past ish haqi qishloq xo‘jaligi sohasida 3,5 mln so‘m va ijtimoiy xizmatlarda 4,7 million so‘mmi tashkil etmoqda.

Moliyadagilar fermerlardan qariyb 5,5 baravar ko‘p maosh olmoqda © Ijtimoiy tarmoqlar

2026-yil yanvar–iyun oylarida ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga oshdi. Inflatsiya hisobga olingan real ish haqi 10,9 foizga ko‘paydi. O‘rtacha ish haqi esa 7,1 mln so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bankning Mehnat bozori sharhida keltirilgan.

Pul-kredit sharoitlarining qat’iylashuvi natijasida inflatsiya darajasining sekinlashishi va nominal ish haqi o‘sishining nisbatan barqaror saqlanib, ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq 2026-yil 1-iyulda 7,5 foizga tushdi. Aholi real daromadining o‘sishi ish haqi evaziga emas, balki narxlar o‘sishining sekinlashishi hisobiga shakllanmoqda.

Sohalar kesimida

2026 yilning birinchi yarmida eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta sohasida 19,1 mln so‘mni, axborot va kommunikatsiya xizmatlarida esa 17,4 mln so‘mni tashkil etdi. Eng past ish haqi qishloq xo‘jaligi sohasida 3,5 mln so‘m va ijtimoiy xizmatlarda 4,7 mln so‘m etib ko‘rsatilgan. Ish haqining eng yuqori o‘sishi tashish va saqlash tarmog‘ida 22,8 foizga, ijtimoiy xizmatlarda 20,2 foizga va qurilish sohasida esa 19,9 foizga oshdi.

1



Hududlar kesimida

Hududlar kesimida real ish haqi 2026-yilning o‘tgan davrida Jizzax viloyatida 13,3 foizni, Namangan viloyatida 11,8 foizni va Toshkent shahrida 10,7 foizni tashkil etib, ish haqining eng yuqori o‘sishi kuzatildi. Buxoroda 9,4 foizga, Qashqadaryoda 9,7 foizga, Navoiyda 9 foizga, Samarqandda 9,5 foizga, Sirdaryoda 9,3 foizga, Xorazmda 8,8 foizga va Toshkent viloyatida 10,5 foizga ko‘paydi. Andijon 7,9 foiz, Surxondaryo 8,6 foiz, Farg‘ona 8,5 foiz va Qoraqalpog‘iston 8,6 foiz bilan eng past o‘sish qayd etdi.

2



2026-yilda ish haqi o‘sish sur’atining tarmoqlar va hududlar kesimida shakllanishi aholi daromadlarining oshishi orqali ichki iste’mol va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi muhim omillardan biri bo‘ldi.

3



Avvalroq, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshgani va ish haqining yil davomida o‘sgani hamda sohalar kesimida maoshlar o‘rtasida sezilarli farq borligi qayd etilgan.

Hasanov Kamron

Теглар

Мавзуга оид