Moskvadagi paradga boradigan xorijiy mehmonlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Бугун 20:351 дақиқа

Xavfsizlik nuqtai nazaridan «operativ vaziyat» sabab deb ko‘rsatilayotgan bu yilgi tadbirlar og‘ir harbiy texnikalarsiz va qisqartirilgan formatda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Moskvadagi paradga boradigan xorijiy mehmonlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Kreml 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan tantanalarda ishtirok etishini tasdiqlagan xorijiy mehmonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Asosiy ro‘yxat quyidagicha:

- Aleksandr Lukashenko - Belarus prezidenti;

- Badra Gunba – tan olinmagan Abxaziya prezidenti (rafiqasi bilan);

- Alan Gagloyev – tan olinmagan Janubiy Osetiya prezidenti;

- Thongloun Sisulit - Laos prezidenti;

- Sulton Ibrohim - Malayziyaning oliy hukmdori (qiroli);

- Robert Fitso - Slovakiya bosh vaziri;

- Bosniya va Hersegovina tarkibidagi Serb Respublikasi rahbariyati: Sinisha Karan (prezident), Nenad Stevandich (Xalq majlisi raisi, rafiqasi bilan), Milorad Dodik (Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi partiyasi rahbari, rafiqasi bilan).

Bu o‘tgan yilga nisbatan kamtarona ro‘yxatdir. 2025 yilgi yubiley tantanalarida Xitoy raisi Si Jinping, Braziliya prezidenti Lula da Silva va boshqalar bilan birga 30 ga yaqin yetakchi bor edi.

Bu yilgi parad qisqartirilgan formatda - «operativ vaziyat» tufayli og‘ir harbiy texnikalarsiz o‘tkaziladi.

Masalan, Fitso Noma’lum askar qabriga gul qo‘yishni rejalashtirmoqda, ammo paradning o‘zida ishtirok etmasligi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид