Logo

«Octobank» O‘zbekistonda raqamli to‘lovlarni rivojlantirishdagi yutuqlari uchun Visa mukofotiga sazovor bo‘ldi

Кеча 17:572 дақиқа

Visa xalqaro to‘lov tizimi «Octobank»ni O‘zbekistonda innovatsion raqamli to‘lov yechimlarini muvaffaqiyatli joriy etgani uchun «Digital Wallets Launch Excellence» mukofoti bilan taqdirladi. Ushbu mukofot bankning zamonaviy to‘lov texnologiyalarini rivojlantirish va raqamli moliyaviy xizmatlar imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi yutuqlarining e’tirofi bo‘ldi.

«Octobank» O‘zbekistonda raqamli to‘lovlarni rivojlantirishdagi yutuqlari uchun Visa mukofotiga sazovor bo‘ldi

Mazkur mukofot «Octobank» jamoasi, Visa xalqaro to‘lov tizimi va hamkorlarning bir necha oylik samarali mehnati hamda yaqin hamkorligi natijasidir. Loyihaning rejalashtirishdan tortib amalga oshirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarida mutaxassislarning birgalikdagi sa’y-harakatlari zamonaviy texnologik yechimlarni muvaffaqiyatli joriy etish va mamlakat raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shish imkonini berdi.

Xalqaro e’tirof va samarali hamkorlik

Loyihani amalga oshirishda «Octobank» va Visa o‘rtasidagi strategik hamkorlik muhim o‘rin tutdi. Ushbu hamkorlik tajriba almashish, texnologik ekspertiza va innovatsion moliyaviy yechimlarni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy intilishga asoslangan.

«Loyihaning barcha bosqichlarida ko‘rsatgan yordami va qo‘llab-quvvatlovi uchun Visa kompaniyasiga minnatdorlik bildiramiz. Visa jamoasining tajribasi, professionalligi va faol ishtiroki ushbu maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu samarali hamkorlikning yorqin namunasidir», — dedi «Octobank» chakana biznes bloki boshqaruvi direktori Anton Borozdin

«Digital Wallets Launch Excellence» mukofoti hamkorlikdagi faoliyatning ahamiyatini ko‘rsatib, «Octobank»ning raqamli to‘lovlar sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

Mijozlar uchun yangi imkoniyatlar

Raqamli to‘lov yechimlarini rivojlantirish, avvalo, mijozlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan. Zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi tezkor, qulay va xavfsiz to‘lov usullarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda mijozlarga kundalik hayotda raqamli moliyaviy xizmatlardan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

«Octobank» mijozlari uchun bu naqd pulsiz hisob-kitoblar imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanishni yanada qulaylashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini izchil oshirish istiqbollarini anglatadi.

Bank moliyaviy operatsiyalar xavfsizligi va qulayligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni inobatga olgan holda innovatsion yechimlarni joriy etish imkonini beruvchi texnologik infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Raqamli to‘lovlarni yanada rivojlantirish

Qo‘lga kiritilgan mukofot «Octobank»ning raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash strategiyasini amalga oshirishdagi muhim bosqich bo‘ldi. Bank zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, to‘lov xizmatlarini takomillashtirish hamda jismoniy shaxslar va biznes vakillari uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘nalishidagi faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda. «Octobank» O‘zbekistonda raqamli to‘lov ekotizimini rivojlantirish, mijozlarga yanada qulay, ommabop va zamonaviy moliyaviy yechimlarni taqdim etish borasidagi ishlarini izchil davom ettiradi.

Visa mukofoti nafaqat erishilgan natijalarning xalqaro miqyosdagi e’tirofi, balki mamlakatda raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha rag‘bat hamdir.

Теглар

Мавзуга оид

«Octobank» O‘zbekistonda raqamli to‘lovlarni rivojlantirishdagi yutuqlari uchun Visa mukofotiga sazovor bo‘ldi | Vaqt.uz