Logo

O‘zbekiston pasportining 2026-yilgi mobillik reytingidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi

96 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi, viza olish uchun kelganidan so‘ng murojaat qilishi yoki elektron ruxsatnoma rasmiylashtirishi mumkin. Biroq ushbu davlatlarning ayrimlariga O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish faqat oldindan viza rasmiylashtirilgan taqdirdagina mumkin.

O‘zbekiston pasportining 2026-yilgi mobillik reytingidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi © ru.pinterest.com

O‘zbekiston xorijiy fuqarolar uchun mamlakatga kirish imkoniyati bo‘yicha 199 ta davlat orasida 52-o‘rinni egalladi. Bu haqda «Passport Reports» portali xabar bermoqda.

96 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi, viza olish uchun kelganidan so‘ng murojaat qilishi yoki elektron ruxsatnoma rasmiylashtirishi mumkin. Biroq ushbu davlatlarning ayrimlariga O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish faqat oldindan viza rasmiylashtirilgan taqdirdagina mumkin.

2026-yilgi mobillik reytingida O‘zbekiston pasporti 132-o‘rinni egalladi. Ushbu pasport bilan 69 ta davlatga odatiy viza tartib-taomilisiz sayohat qilish mumkin: 28 ta yo‘nalish bo‘yicha vizasiz kirish imkoniyati mavjud, 38 ta yo‘nalishda kelgandan so‘ng viza olish yoki soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkoniyati mavjud, yana uchta davlatda eTA tizimidan foydalaniladi. 129 ta yo‘nalish, ya’ni umumiy yo‘nalishlarning 65,2 foizida vizani oldindan olish talab etiladi.

Eng qulay mintaqa Markaziy Osiyo bo‘lib qolmoqda — ushbu mintaqadagi yo‘nalishlarning 75 foiziga vizasiz kirish mumkin. Osiyoda bu ko‘rsatkich 59,2 foizni tashkil etadi (mintaqadagi 50 ta davlat orasida 29-o‘rin), Fors ko‘rfazi mamlakatlarida — 66,7 foiz, Yaqin Sharqda — 58,8 foiz. Keyingi o‘rinlarda Karib havzasi (50 foiz), Afrika (42,6 foiz), Shimoliy Amerika (30,4 foiz) va Okeaniya (28,6 foiz) turadi.

Eng past ko‘rsatkich Janubiy Amerika (16,7 foiz) va Yevropada (10,6 foiz) qayd etilgan: Yevropadagi 47 ta yo‘nalishdan faqat beshtasiga oldindan viza olmasdan borish mumkin.

Vizasiz yo‘nalishlar qatoriga Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya, Xitoy va Gruziya kiradi. Ushbu mamlakatlarda qolish muddatlari turlicha: Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoyda 30 kungacha, Turkiya va Rossiyada 90 kungacha, Gruziyada esa 360 kungacha. Ayrim hollarda qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi — Malayziya va Tailandda kelish kartasi, Surinamda esa sayyohlik kartasi rasmiylashtiriladi.

Yana 38 ta davlat, jumladan, Saudiya Arabistoni, Vietnam, Nepal, Indoneziya va Kambodja borgandan so‘ng viza olish yoki boshqa soddalashtirilgan tartibdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Kot-d’Ivuar, Keniya va Seyshel orollariga kirish uchun esa eTA elektron ruxsatnomasi talab etiladi.

Теглар

Мавзуга оид