Logo

O‘zbekistonda «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi

Unga ko‘ra, avtomobil yo‘llari umumiy foydalanishdagi, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda xo‘jalik ahamiyatiga ega yo‘llarga ajratiladi. Qolaversa, yo‘llarni davlat mulki sifatida boshqarish, ularni rivojlantirish va saqlash bo‘yicha davlat organlarining vakolatlari aniq belgilab berilgan.

O‘zbekistonda «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari sohasini zamonaviy talablar asosida tartibga solishga qaratilgan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Ushbu hujjatning maqsadi mamlakatda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, ulardan foydalanish va yo‘l faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunga ko‘ra, avtomobil yo‘llari umumiy foydalanishdagi, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda xo‘jalik ahamiyatiga ega yo‘llarga ajratiladi. Qolaversa, yo‘llarni davlat mulki sifatida boshqarish, ularni rivojlantirish va saqlash bo‘yicha davlat organlarining vakolatlari aniq belgilab berilgan.

Qonunda avtomobil yo‘llari sohasida amal qilinishi shart bo‘lgan asosiy prinsiplar aniq belgilab qo‘yilmoqda. Ya’ni, yo‘llar ilmiy hisob-kitoblar asosida loyihalanishi, qarorlar ochiq va shaffof bo‘lishi, eng muhimi, yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishi, tabiatga zarar yetkazilmasligi hamda har bir fuqaro yo‘llardan teng va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi belgilandi.

Pulli yo‘llarni tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish, to‘lovlarni avtomatlashtirilgan tarzda undirish, foydalanuvchi va operator o‘rtasidagi ommaviy shartnoma kabi munosabatlar ham tartibga solingan. Yo‘l harakati xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siqlar va notekisliklar yaratish taqiqlanmoqda, og‘ir vaznli va yirik gabaritli transport vositalarining harakatlanishi esa faqat maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Qonunning qabul qilinishi avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimini takomillashtirish, sohadagi munosabatlarni yagona huquqiy asosda tartibga solish, yo‘llar sifati va xavfsizligini oshirish, shuningdek, transport infratuzilmasini barqaror rivojlantirish uchun huquqiy zamin yaratadi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent atrofida 1 milliard dollarlik ikki qavatli pulli yo‘l qurilishi mumkinligi haqida yozgan edik,

Теглар

Мавзуга оид