Logo

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo isiydi

Бугун 13:551 дақиқа

Shanba kuni harorat +28…+35 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni 2−3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo isiydi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Juma va shanba kunlari harorat foni deyarli o‘zgarmaydi, respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +28...+33 daraja, janubda +35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida +23...+28 daraja atrofida saqlanib turadi. Harorat asosan kechalari va erta tongda +13...+18 daraja bo‘ladi.

6-sentabr – yakshanba kuni harorat 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. 4-5-sentabrda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ldi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi +30 daraja, shanba kuni +30...+32 daraja, yakshanba kuni +32...+34 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +16...+18 daraja bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид