Logo

O‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pini kredit olishga ehtiyoji bor

Бугун 18:241 дақиқа

Kredit olishni rejalashtirayotganlarning aksariyati mablag‘ni uy-joy ta’miri uchun sarflashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pini kredit olishga ehtiyoji bor

Markaziy bank I chorak uchun «Iste’mol kayfiyati» sharhini e’lon qildi.

So‘rovnomada 4 100 ga yaqin respondent qatnashgan bo‘lib, ularning kelgusida kredit olishga bo‘lgan ehtiyoji tahlil qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelgusida kredit olishga ehtiyoji borlar ulushi 54 foizdan 56 foizga ortgan. Bu aholining yarmidan ko‘pini kreditga bo‘lgan ehtiyoji borligini bildiradi.

Shuningdek, kam daromadli qatlamda kreditga talab oshib borayotgan bo‘lsa, 20 mln so‘mdan ko‘proq daromad qiluvchilarda kamayishda davom etmoqda. 

So‘rov ishtirokchilari kredit mablag‘larini asosan uy-joyni ta’mirlash uchun jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ta’lim, to‘y marosimlari, avtomobil xaridi va davolanish xarajatlari ham kredit olishga turtki bo‘layotgan asosiy omillar sifatida qayd etilgan.

Shu bilan birga, sayohat uchun ham kredit olmoqchi bo‘lganlar soni sezilarli ortgan. Elektron qurilmalar sotib olmoqchi bo‘lganlar ulushi esa qisqargani kuzatilgan.

rasm

manba: markaziybank

Теглар

Мавзуга оид