«O‘zyo‘lko‘prik» klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Бугун 15:291 дақиқа

Qoraqalpog‘istonda «Beruniy–To‘rtko‘l» magistral yo‘li qurilishi bo‘yicha 10 ming dollar pora talab qilgan mansabdor shaxs ushlandi.

«O‘zyo‘lko‘prik» klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘l qurilishi sohasida pora talab qilish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, «O‘zyo‘lko‘prik» klasteri davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida ishlovchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali «Beruniy–To‘rtko‘l» yo‘nalishidagi A380-sonli magistral yo‘l qurilishi loyihasida 5 kilometrlik ish hajmini olib berishni va’da qilgan. Bu xizmat evaziga u tadbirkordan 10 ming AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs pul mablag‘ini MCHJ rahbaridan qabul qilib olayotgan paytda ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda tegishli idoralarga murojaat qilishga chaqirmoqda. Agar shunday holatlarga guvoh bo‘linsa, DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berish mumkinligi ta’kidlangan. Murojaat qilgan shaxsning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy saqlanishi kafolatlanadi.

Теглар

Мавзуга оид