Qashqadaryoda lolazorni payhon qilganlar 61,8 mln so‘m jarimaga tortildi

Бугун 11:351 дақиқа

Avtomobillarda gulzorni vayron qilgan uch nafar shaxs aniqlanib, ularga katta miqdorda jarima tayinlandi.

Qashqadaryoda lolazorni payhon qilganlar 61,8 mln so‘m jarimaga tortildi © Telegram / Ekolog.uz

Qashqadaryo viloyatida lolazorni avtomobillarda payhon qilgan bir guruh shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda Ekolopgiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir guruh erkaklar avtomobillarda lolazor hududiga kirib, uni payhon qilayotgani aks etgan tasvirlar tarqalgan edi. Mazkur holat jamoatchilik e’tiborini tortgach, mutasaddi idoralar tomonidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, hodisa Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan bo‘lgan. Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar aniqlanib, ularga tegishli transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori ham hisob-kitob qilingan. Ushbu harakatlar oqibatida atrof-muhitga 6 million 592 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Qonunchilikka muvofiq, uch nafar huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 20 million 600 ming so‘mdan jarima tayinlandi. Shu tariqa, umumiy jarima miqdori 61 million 800 ming so‘mni tashkil etdi.

Rasmiylarga ko‘ra, huquqbuzarlar belgilangan tartibda jarima va tabiatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplashi shart. Ekologiya qo‘mitasi bunday holatlar takrorlanmasligi uchun fuqarolarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, o‘simliklar dunyosiga yetkazilgan har qanday zarar qonun doirasida qat’iy jazolanadi. Shu bois, fuqarolardan asrash va ekologik talablarga rioya qilish so‘ralmoqda.

Теглар

Мавзуга оид