Rossiya hududida chorva mollarini ommaviy ravishda so‘yish boshlandi
Irkutsk okrugining ayrim hududlarida nodulyar dermatit xavfi tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi.
© PROMEATRossiyaning Irkutsk oblastida mahalliy fermerlardan chorva mollarini, jumladan, sigir, echki, qo‘y va cho‘chqalarni so‘yish uchun olib qo‘yish boshlandi. Ushbu chora hukumat tomonidan uy hayvonlari orasida nodulyar dermatit kasalligi tarqalgani e’lon qilingani ortidan amalga oshirilmoqda.
Bundan oldin Irkutsk okrugining bir qismida favqulodda holat rejimi joriy qilingan edi. Ma’muriyatning xabar berishicha, karantin hududiga Butыrki va Kotы qishloqlari kiritilgan.
5-sentabr holatiga ko‘ra, «mayda shoxli chorva mollarining noqonuniy olib kirilishi» oqibatida sakkizta epizootik o‘choq aniqlangan.
Aholi norozi
Irkutsk oblasti gubernatori Igor Kobzyov ma’lum qilishicha, ikki aholi punktida 96 bosh yirik shoxli qoramol kasallangan. Hokimiyat zararlangan hayvonlarni yo‘q qilish va karantin hududida nazoratni kuchaytirishga qaror qilgan.
O‘z navbatida, mahalliy aholi so‘yish uchun olib qo‘yilayotgan chorva mollari uchun to‘lanadigan tovon pulining juda ozligidan norozilik bildirgan.
Joriy yilning boshida Rossiyaning bir nechta hududlarida chorva mollarining ommaviy musodara qilinishi va yo‘q qilinishi minglab fermerlarga ta’sir ko‘rsatgan edi. O‘shanda jami 90,5 ming bosh chorva so‘yilgan bo‘lib, bu 1,59 milliard rubl miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararga va yana 368 million rubl qo‘shimcha yo‘qotishlarga olib kelgan.





