Sindarov–Gukesh bahsi: shaharlar mezbonlik uchun raqobatga kirishdi

Бугун 19:551 дақиқа

Xalqaro shaxmat federatsiyasi 2026-yilgi shaxmat toji uchun o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha arizalar qabul qilishni boshladi va bir qator shaharlar nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Sindarov–Gukesh bahsi: shaharlar mezbonlik uchun raqobatga kirishdi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2026-yilgi jahon chempioni unvoni uchun o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha tender jarayonini rasman boshladi.

Kelgusi chempionlik bahsi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va da’vogar Javohir Sindarov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa joriy yilning 23-noyabridan 17-dekabrigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv 25 kungacha davom etishi mumkin.

Tender shartlari va talablar

Tenderda ishtirok etuvchi tashkilotchilar moliyaviy shartlar, jumladan, homiylik, tijorat va translyatsiya huquqlarini taqsimlash bo‘yicha batafsil takliflar taqdim etishi shart. Arizalarni qabul qilish muddati 31-mayga qadar davom etadi.

Nomzod shaharlar

Hozirda bir qator shaharlar mezbonlik uchun da’vogar sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Ular orasida Toshkent va Samarqand ham bor.

Shu bilan birga, Hindiston ham asosiy favoritlardan biri bo‘lib, Chennai va Nyu-Dehli shaharlari muhokama qilinmoqda.

Neytral maydonlar sifatida Singapur, shuningdek, shaxmatga faol sarmoya kiritayotgan Abu-Dabi va Dubay tilga olinmoqda. Yevropa shaharlari orasida esa London varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

Yakuniy nomzodlar ro‘yxati may oyi oxirida ma’lum bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид