Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan halok bo‘ldi

Бугун 10:221 дақиқа

O‘rtachirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ular mahallaga uch kun avval ko‘chib kelgan.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan halok bo‘ldi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa sodir bo‘lgan xonadonda 79 yoshli M.S., uning 37 yoshli nevarasi D.Yu. hamda 17 yoshli evarasi M.J. yashagan. Ularning barchasi bir vaqtda is gazidan zaharlangan holda topilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga asosan, marhumlarning o‘limiga «is gazidan o‘tkir zaharlanish» sabab bo‘lgan. Bu holat uyda gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид