Toshkentda avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi

04.03.2026 | 12:221 дақиқа

Jamoat transporti bekatlaridagi savdo nuqtalarini bosqichma-bosqich olib tashlash, tegishli hujjatga ega tadbirkorlarning do‘konlarini esa boshqa joyga ko‘chirish choralari ko‘riladi.

Toshkentda avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi

Toshkentda jamoat transporti bekatlari hududida joylashgan barcha savdo obyektlarini bosqichma-bosqich olib tashlash rejalashtirilmoqda. Poytaxt ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar natijasida bekat majmualarida jami 110 ta savdo obyekti faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan.

Ularning katta qismi «tijorat do‘konlari» bo‘lib, bekatlar hududida turli xil mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanadi.

Ma’lum qilinishicha, 110 ta savdo nuqtasidan 61 tasi bekat majmuasi hududidan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan. Bu holatlar bo‘yicha huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Hujjatlarga ega tadbirkorlar uchun yechim

Shahar ma’muriyati qarorlariga muvofiq, kelgusida barcha bekatlar bosqichma-bosqich yangilanadi. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega tadbirkorlarga esa savdo nuqtalarini boshqa joyga ko‘chirish orqali kompensatsiya berish mexanizmi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Jahon amaliyotiga ko‘ra, zamonaviy jamoat transporti bekatlari yo‘lovchilar uchun erkin va xavfsiz kutish sharoitini yaratishi kerak. Bunda platforma kengligi, tirbandlik paytida uni kengaytirish imkoniyati va barcha toifadagi aholi uchun qulay bo‘lgan inklyuziv muhitni ta’minlash asosiy talablardan biri hisoblanadi.

Теглар

Мавзуга оид