Logo

Trampning «Oltin gumbazi» ilk sinovdan o‘tdi

Кеча 22:462 дақиқа

Vashington havodan kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi yangi avlod mudofaa tizimi ustida ishlamoqda. Uning ilk sinov bosqichi davomida dronlar va qanotli raketalarni muvaffaqiyatli nishonga olingani aytilmoqda.

Trampning «Oltin gumbazi» ilk sinovdan o‘tdi

AQSHda «Golden Dome» («Oltin gumbaz») deb nomlangan yangi raketaga qarshi mudofaa tizimining ilk sinov jarayoni o‘tkazildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Pit Xegset ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, sinovlar dastur doirasida rejalashtirilgan muddatlarda amalga oshirilgan va barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgan. Sinov jarayonini vazirning o‘zi ham bevosita kuzatgan.

«Bugun «Amerika uchun Oltin gumbaz» dasturi doirasidagi dastlabki muhim sinovlar to‘liq muvaffaqiyat bilan yakunlandi va men ushbu jarayonni shaxsan kuzatish sharafiga muyassar bo‘ldim», — deb ta’kidladi vazir.

Dronlar va raketalar nishonga olindi

Pit Xegsetning so‘zlariga ko‘ra, tizim yaqinlashayotgan nishonlarni mustaqil aniqlab, ularni yo‘q qilish imkoniyatini namoyish etgan. Sinov davomida dronlar va qanotli raketalar nishon sifatida qo‘llangan.

Mudofaa vaziri tizimda ilg‘or yo‘naltirilgan energiya texnologiyalari qo‘llanganini ma’lum qildi. Ushbu texnologiyalar nishonlarni tez aniqlash va avtomatik tarzda bartaraf etish imkonini beradi.

«Men yetakchi jangchilarimizning yaqinlashayotgan dronlar va qanotli raketalarni o‘z joyida to‘xtatish uchun eng yangi avlod texnologiyalari bilan integratsiyalashganini kuzatdim», — dedi u.

AQSH yangi himoya tizimini yaratmoqda

«Golden Dome» ko‘p bosqichli raketaga qarshi mudofaa tizimi hisoblanadi. Loyiha AQSHning materik qismi hududini turli xil havo hujumlaridan himoya qilish maqsadida ishlab chiqilmoqda.

Tizim ballistik, qanotli va gipertovushli raketalar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarini aniqlash va yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Loyihaning asosiy vazifalaridan biri yadroviy qurol tashuvchi raketalar tahdidiga qarshi qo‘shimcha himoya qatlamini yaratishdan iborat.

Теглар

Мавзуга оид

Trampning «Oltin gumbazi» ilk sinovdan o‘tdi | Vaqt.uz