Uch oyda 63,6 trln so‘m: O‘zbekistonda soliq tushumlari ko‘paydi

Бугун 13:321 дақиқа

Tushumlarning asosiy qismini foyda solig‘i tashkil etib, ushbu yo‘nalishda 20,4 trillion so‘m yig‘ildi.

Uch oyda 63,6 trln so‘m: O‘zbekistonda soliq tushumlari ko‘paydi © Илья Семендеев / Spot

2026-yilning I choragida soliq organlari tomonidan respublika budjetiga 63,6 trillion so‘m tushum ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p, deb xabar berdi O‘zA.

Tushumlarning asosiy qismini foyda solig‘i tashkil etib, ushbu yo‘nalishda 20,4 trillion so‘m yig‘ildi va o‘sish 43 foizni tashkil etgan. QQS tushumlari 12,5 trillion so‘mga yetib, 27 foizga oshgan. Jismoniy shaxslar daromad solig‘idan 10,7 trillion so‘m tushib, o‘sish 15 foiz bo‘lgan.

Nisbatan kamroq tushum bo‘ladigan soliqlar

Shuningdek, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trillion so‘mni (+17 foiz), aksiz solig‘i 4,6 trillion so‘mni (+1 foiz), soliqsiz tushumlar esa 3,3 trillion so‘mni (+1 foiz) tashkil etgan. Yer solig‘i 2,8 trillion so‘mga yetib, 34 foizga oshgan bo‘lsa, mol-mulk solig‘i 2,3 trillion so‘mni (+11 foiz) tashkil etdi.
Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) tushumlari 0,6 trillion so‘mga yetib, 12 foizga oshdi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari esa 82 foizlik o‘sish bilan 0,4 trillion so‘mni tashkil etdi.

Теглар

Мавзуга оид