Urush sabab jahon bo‘yicha neft va gaz tashish xarajatlari ko‘tarildi

Eron OAV Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini va uni kesib o‘tishga urinayotgan har qanday kemaga o‘t ochilishini ma’lum qildi. Yaqin Sharq bo‘ylab neft va gaz obyektlari esa ehtiyotkorlik yuzasidan faoliyatini to‘xtatdi.

Urush sabab jahon bo‘yicha neft va gaz tashish xarajatlari ko‘tarildi

AQSH–Eron mojarosi kuchayib, Tehron Ҳўрмuз bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan kemalarga hujum qilgani fonida Yaqin Sharqda supertankerlar xarajatlari rekord darajaga yetdi. Bu haqda bugun, 3-mart kuni dengiz tashuvlari ma’lumotlari va shu соҳaдaги мaнбaлaригa tayanib, «Reuters» xabar берди.

Eron va Ummon o‘rtasida joylashgan Ҳўрмuз bo‘g‘ozi orqali jahonda iste’mol qilinadigan neftning qariyb beshdan bir qismi, shuningdek, katta hajmda suyultirilgan tabiiy gaz tashiladi. AQSH va Isroil zarbalariga javoban Eron hududdagi kemalarga hujum qilganidan so‘ng, bu yerdagi dengiz tashuvlari deyarli to‘xtab qoldi.

Uzoq muddatli yopilish xavfi va uzilishlar neft hamda Yevropada tabiiy gaz narxlarining keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Joriy haftada «Brent» nefti fyucherslari qariyb 10 foizga ko‘tarildi, chunki mojaro Yaqin Sharqda neft va gaz obyektlarining bir necha marta to‘xtatilishiga olib keldi.

Yaqin Sharqdan Xitoyga 2 million barrel neft tashish uchun foydalaniladigan juda yirik neft tashuvchi kemalar (VLCC) uchun etalon fraxt stavkasi TD3 yo‘nalishi bo‘yicha 2-mart kuni «Worldscale» xalqaro o‘lchov tizimida W419 darajasiga, ya’ni kuniga 423 736 dollargacha ko‘tarilib, tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

1

27-fevral kuniga nisbatan stavka ikki barobar oshdi va o‘tgan haftada qayd etilgan olti yillik maksimumdan keyin yana o‘sishni davom ettirdi. Bunga AQSH va Isroilning Eronga hujum qilishi va 28-mart kuni Oliy rahbar оятuллоҳ Xomanaiyni o‘ldirgani sabab bo‘lgan.

Eron bunga javoban Fors ko‘rfazi davlatlariga hujum qildi, bu esa Yaqin Sharq bo‘ylab neft va gaz obyektlarida ehtiyotkorlik yuzasidan faoliyatni to‘xtatishlarga olib keldi.

Eron Islom inqilobi мuҳофизлaри korpusining yuqori lavozimli vakili 2-mart kuni Ҳўрмuз bo‘g‘ozi yopilganini va uni kesib o‘tishga urinayotgan har qanday kemaga o‘t ochilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi Eron ommaviy axborot vositalari.

Сuюлтирилгaн tabiiy gaz tashish stavkalari keskin oshdi

Kunlik suyultirilgan tabiiy gaz tankerlari uchun fraxt stavkalari 2-mart kuni Qatar ishlab chiqarishni to‘xtatganidan so‘ng 40 foizdan ortiqka oshdi.

«Atlantika okeani yo‘nalishidagi stavkalar 2-mart kuni kuniga 61 500 dollarga yetdi bu 27-fevral kuniga nisbatan 43 foizga yoki 18 750 dollarga ko‘p. Tinch okeani yo‘nalishidagi stavkalar esa kuniga 41 000 dollargacha ko‘tarildi bu juma кuнгa nisbatan 45 foizga yoki 12 750 dollarga yuqori», deb xabar qildi suyultirilgan tabiiy gaz tashish bozori uchun narxlarni baholovchi «Spark Commodities» agentligi.

2

«Wood Mackenzie» energetika konsalting kompaniyasining global suyultirilgan tabiiy gaz bo‘yicha bosh tahlilchisi Freyzer Karsonning aytishicha, taklif tanqisligi sharoitida spot bozorida kunlik suyultirilgan tabiiy gaz tashish stavkalari bu hafta 100 000 dollardan ham oshib ketishi mumkin.

«Fevral oyidagi ob-havo uzilishlari natijasida yuzaga kelgan navbatlar tufayli mart oyining qolgan qismi uchun kemalar mavjudligi zaif deb baholanmoqda. Mavjud har qanday kemalar uchun juda kuchli raqobat bo‘ladi», dedi u.

Karsonning ta’kidlashicha, Ҳўрмuз bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tish kafolatlanmaguncha, dengiz tashuvlari faoliyati to‘xtab qolaveradi.

Kompaniya siyosati sababli ismini oshkor etishni istamagan neft brokeri Fors ko‘rfazida tashish stavkalarini baholash juda qiyin ekanini aйтгaн, chunki bir qator kema egalari o‘z faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatgan.

Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Fujayra yirik yonilg‘i quyish portida mojaro tufayli yonilg‘i ta’minoti uzilib, narxlar oshgani sababli bunker yoqilg‘isi savdosi sekinlashdi. Bu esa talabni boshqa portlarga, jumladan Singapurga ko‘chishiga olib kelishi mumkin.

Janubiy Koreyaning «Hyundai Glovis» (086280.KS) dengiz tashish kompaniyasi bugun, 3-mart kuni muqobil yo‘nalishlar va portlarni ta’minlashni o‘z ichiga olgan favqulodda rejalarni tayyorlayotganini bildirdi. Janubiy Koreya dengiz ishlari vazirligi esa Yaqin Sharqda kema yurituvchi Janubiy Koreya kompaniyalariga hududdagi tijorat operatsiyalaridan tiyilib turishni so‘rab ogohlantirish xati yuborgan.

Теглар

Мавзуга оид