Logo

Yaponiyada uyqu chempionati o‘tkaziladi

Бугун 21:281 дақиқа

Chempionga qancha pul berilishi ma’lum. Faqat 90 daqiqa davomida eng yaxshi uxlay olgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

Yaponiyada uyqu chempionati o‘tkaziladi

Yaponiyada uyqu bo‘yicha chempionat o‘tkaziladi. Sovrin jamg‘armasi 14 ming dollarni tashkil etadi. Bu haqda «Tokyo Weekender» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2026-yil 5-oktabr kuni Tokioda noodatiy «Mattrace by Koala» musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda 90 daqiqa davomida eng yaxshi uxlay olgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

Musobaqani «Koala Japan» kompaniyasi tashkil etmoqda. Bir kun davomida taxminan 20 nafardan ishtirokchi qatnashadigan uchta «bosqich» o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Agar ishtirok etish istagida bo‘lganlar soni ko‘paysa, qatnashchilar tasodifiy tanlab olinadi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar uyquning chuqurligi va sifatini, uxlab qolish tezligi hamda uyqu barqarorligini baholaydigan datchiklar o‘rnatilgan Koala matraslarida uxlaydi. Yakuniy natija shifokorlar nazorati ostida ishlab chiqilgan maxsus ball tizimi asosida aniqlanadi.

Bunda shunchaki uxlab qolishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Tashkilotchilar ishtirokchilarning noqulay sharoitlarda ham sifatli uyquni saqlab qola olishlarini tekshirish uchun ataylab ularning uyqusiga xalaqit berishadi.

Musobaqa boshlanishidan oldin ishtirokchilar maxsus «uyqu mashg‘uloti»dan o‘tadi va natijaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan turli aksessuarlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, eng chuqur uyqu va uyqu vaqtida eng noodatiy holat uchun qo‘shimcha mukofotlar ham ta’sis etilgan.

Теглар

Мавзуга оид