2026 yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilindi

Бугун 19:452 дақиқа

Tom’s Guide mutaxassislari iPhone 17 Pro Max, Samsung Galaxy S26 Ultra, Google Pixel 10 va boshqa yangi modellarni solishtirib, 2026 yilning eng yaxshi smartfonlari reytingini shakllantirdi.

2026 yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilindi © Tom's Guide

2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Tom’s Guide portali xabar berdi. Mutaxassislar reytingni ishlash tezligi, kamera sifatlari, batareya quvvati va umumiy foydalanish qulayligi kabi mezonlar asosida shakllantirgan.

Reytingda eng yaxshi smartfon sifatida iPhone 17 Pro Max tan olindi. U kuchli protsessor, uzoq ishlaydigan batareya va yuqori sifatli kamerasi bilan ajralib turadi. Shuningdek, yangilangan dizayn va iOS 26 tizimi ham uning ustunliklaridan biri sifatida qayd etilgan.

Android segmentida esa Samsung Galaxy S26 Ultra eng yaxshi deb topildi. U katta displey, kuchli protsessor va yuqori darajadagi zum kamerasi bilan foydalanuvchilarni jalb qilmoqda.

O‘rta va arzon segment yetakchilari

Mutaxassislar o‘rta narx segmentida Google Pixel 10a modelini eng yaxshi deb baholagan. U nisbatan arzon bo‘lishiga qaramay, sun’iy intellekt asosidagi funksiyalari bilan ajralib turadi.

Eng “aqlli” smartfon sifatida Google Pixel 10 Pro ko‘rsatildi. Undagi ilg‘or SI tizimlari va kamera imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan.

Shu bilan birga, muvozanatli variant sifatida iPhone 17 va OnePlus 15 qayd etildi. Arzonroq, lekin yaxshi kameraga ega model sifatida Google Pixel 10 tilga olingan.

Dizayn va innovatsiyalar

Eng chiroyli dizaynga ega smartfon sifatida Nothing Phone 4a Pro tan olindi. Shuningdek, Galaxy Z Flip 7 eng yaxshi buklanadigan smartfon sifatida qayd etildi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, 2026 yil boshida smartfon bozorida raqobat keskinlashgan. Ayniqsa, Apple va Google yuqori texnologiyali modellari bilan ustunlik qilmoqda, Samsung esa Android segmentida kuchli raqobatchi bo‘lib qolmoqda.

Теглар

Мавзуга оид