Logo

Afg‘oniston Turkmanistondan elektr energiyasi importini keskin oshirmoqchi

Бугун 19:091 дақиқа

Mamlakat tomonidan qurilayotgan elektr uzatish liniyasi 1000 megavattgacha elektr energiyasi import qilish imkonini beradi.

Afg‘oniston Turkmanistondan elektr energiyasi importini keskin oshirmoqchi

Afg‘oniston 500 kVli Shebergan–Alvan–Dasht elektr uzatish liniyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatga Turkmanistondan 1000 megavattgacha elektr energiyasi import qilish imkonini beradi. Bu haqda Turkmaniston vakillari va Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Baradar o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

Loyiha Afghan Invest xususiy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. U Shebergandan Alvan–Dashtgacha elektr uzatish liniyasini qurish hamda Alvan–Dasht podstansiyasini kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, qurilish ishlari keyingi to‘rt oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Loyiha foydalanishga topshirilgach, Afg‘onistonning Turkmanistondan elektr energiyasi import qilish imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi. Kutilishicha, ushbu ta’minot qariyb 6 million qishloq xo‘jaligi oilasini elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi hamda mamlakat budjetiga yiliga taxminan 42 million dollar daromad keltiradi.

Теглар

Мавзуга оид