Logo

Andijonda 2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi

Бугун 18:202 дақиқа

Marosimda umumiy qiymati 9,4 mlrd dollar bo‘lgan 206 ta loyiha qamrab olindi. 7 mlrd 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.

Andijonda 2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi © Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish va ularning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu loyihalar energetika, qurilish, to‘qimachilik, mashinasozlik, ta’lim, turizm, logistika, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash kabi muhim sohalarni qamrab olgan. Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi.

Xususan, paxta-to‘qimachilik klasteri, elektr energiyasini saqlash va taqsimlash tizimi, mebelsozlik va charm-poyabzal sanoat zonalari, elektr avtobuslar, quyosh panellari va mikrogidroenergetika uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek, zamonaviy ta’lim va tibbiyot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yangi loyihalar doirasida zamonaviy turarjoy majmualari, xalqaro logistika va turizm markazlari, gidroelektrstansiyasi, chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonasi, transport vositalari va yuk vagonlari ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Loyihalar Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Belarus, Germaniya, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Tojikiston kompaniyalari hamda mahalliy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ularning ro‘yobga chiqarilishi natijasida 45 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi, yiliga 60,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 533 million dollarlik eksport imkoniyati shakllanadi.

Marosimda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan mas’ullar, xorijlik hamkorlar va tashabbuskorlar videoaloqa orqali ishtirok etdi. Ular loyihalarning ahamiyati, amalga oshirish jarayoni va ishga tushirish muddatlari haqida axborot berdi. Davlat rahbari mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijlik hamkorlar va mahalliy tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda kichik GESlar uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqarilishi haqida yozgan edik. To‘liq xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 20 mln dollarni tashkil etadi.

Теглар

Мавзуга оид