AQSH Nigeriyaga dronlar va harbiylar yubordi

Бугун 17:401 дақиқа

AQSH Nigeriyada aksilterror amaliyotlarini kuchaytirish maqsadida 200 nafarga yaqin harbiy va zamonaviy razvedka dronlarini jo‘natdi.

AQSH Nigeriyaga dronlar va harbiylar yubordi

AQSH Nigeriyaga razvedka imkoniyatlarini kuchaytirish uchun dronlar va 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchisini yubordi. Bu haqda xavfsizlik xizmatlariga tayanib mahalliy nashrlar xabar qildi. Qayd etilishicha, ushbu qadam Nigeriya hukumatining iltimosi asosida amalga oshirilgan.

Yuborilgan texnika orasida MQ-9 Reaper turidagi zamonaviy uchuvchisiz razvedka apparatlari ham mavjud. Ushbu choralar Chad ko‘li atrofida faollashgan ekstremistik guruhlarga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.

Amerikalik harbiylar vazifasi

Manbalarga ko‘ra, amerikalik harbiylar to‘g‘ridan-to‘g‘ri janglarda ishtirok etmaydi. Ular asosan razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va kuzatuv ishlari bilan shug‘ullanadi. Nigeriya kuchlari esa bunday texnik va axborot yordamiga ehtiyoj sezmoqda.

Avvalroq, 16-fevral kuni 100 nafarga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi Nigeriyaga yetkazilgan edi. Ular harbiy-transport samolyoti orqali mamlakatning shimoli-sharqidagi Borno shtati markazi Mayduguri shahriga joylashtirilgan.

Kuzatuvchilar fikricha, AQSH Nigeriya hududida razvedka dronlari bazasini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu orqali mamlakat Sahel mintaqasidagi vaziyatni nazorat qilish imkoniyatini kengaytirishga intilayotgani qayd etilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид