Axloqqa zid reklama uchun 5 tadbirkorga ish qo‘zg‘atildi

Бугун 13:251 дақиқа

Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda joylangan axloq me’yorlariga zid reklamalar uchun ikki do‘konni jarimaga tortdi, yana uch holat sudga oshirildi.

Axloqqa zid reklama uchun 5 tadbirkorga ish qo‘zg‘atildi © vkplay.ru

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim reklama materiallari atrofidagi muhokamalar ortidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlandi.

Jarima qo‘llanilgan tadbirkorlar

Qo‘mita mutaxassislari tomonidan «Instagram» tarmog‘idagi «aykous_sekret», «dom_penyuar», «shiray shop», «nargizem_shop» hamda «arzon hostel» sahifalarida joylangan roliklar o‘rganib chiqildi. Tahlillar davomida ushbu reklamalar mazmuni jamoatchilik tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga mos kelmasligi qayd etildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ikki tadbirkor — «aykous_sekret» do‘koni rahbari Aygerim Ilyasova hamda «dom_penyuar» do‘koni rahbari Aynura Abdullayevaga nisbatan «Reklama to‘g‘risida»gi qonun talablarini buzganlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Qo‘mita qaroriga muvofiq, mazkur tadbirkorlarga moliyaviy jarimalar qo‘llandi.

Ishi sudga oshirilgan tadbirkorlar

Shu bilan birga, «shiray shop», «nargizem_shop» va «arzon hostel» sahifalari bo‘yicha ham ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Ushbu holatlar bo‘yicha hujjatlar belgilangan tartibda sud organlariga yuborildi.

Qonunchilikka ko‘ra, reklamada milliy va oilaviy qadriyatlarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid bo‘lgan obraz va iboralardan foydalanish taqiqlanadi.

Теглар

Мавзуга оид