Banklarda mikroqarzlar foizi rekord darajada pasaydi

Бугун 12:552 дақиқа

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 28,8 foizga tushdi. Bu ko‘rsatkich Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past daraja bo‘ldi.

Banklarda mikroqarzlar foizi rekord darajada pasaydi

Markaziy bank 2026-yil mart oyining oxirgi haftasi bo‘yicha tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar foiz stavkalari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 28,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,7 foiz darajasida qayd etildi.

Mikrokreditlar bo‘yicha bu haftadagi ko‘rsatkich Markaziy bank mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlanganidan beri kuzatilgan eng past daraja bo‘ldi. Oxirgi marta eng past daraja 2026-yil 23-fevral holatiga ko‘ra, 29,3 foiz darajasida qayd etilgandi.

Mikrokreditlar

Mikrokreditlar segmentida eng past stavka 21,3 foiz bilan «Aloqabank»da saqlanib qoldi. Undan keyin «Infinbank» 24,4 foiz va «Trastbank» 24,7 foiz bilan nisbatan maqbul takliflar bermoqda. Shu bilan birga, «Milliy bank» ham 24,7 foiz stavka bilan shu toifada qolmoqda.

1

O‘rta segmentda stavkalar 25–27 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «BRB» 25 foiz, «OFB» 26,3 foiz, «Ziraat bank» 26,4 foiz va «Asakabank» hamda «Mikrokreditbank» 26,9 foizdan kredit ajratmoqda. «Kapitalbank» va «SQB»da ham stavkalar 27 foiz atrofida saqlanmoqda.

Yuqori segmentda esa farq sezilarli. «TBC bank»da 35,9 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz, «Anorbank»da 41,7 foiz va «Tenge bank»da 42,5 foizlik stavkalar qayd etildi. Bu segmentda yuqori foizlar saqlanib qolmoqda.

Avtokreditlar

Avtokreditlar bozorida eng past stavka 16,7 foiz bilan «Infinbank»da kuzatildi. Shuningdek, «Ipoteka bank» 16,8 foiz, «Apex bank» 17,8 foiz va «Davr bank» 18,8 foiz stavka bilan raqobatbardosh takliflar bermoqda.

av

O‘rta segmentda stavkalar 23–24 foiz oralig‘ida shakllangan. Xususan, «SQB» 23,7 foiz, «Asia Alliance Bank» 23,8 foiz va «Ipak yo‘li Bank» 23,9 foiz stavka bilan kredit taqdim etmoqda. «Askabank» va «Agrobank»da bu ko‘rsatkich 24–25 foiz atrofida.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foizdan yuqori. «Turonbank» 25,1 foiz, «Trastbank» 25,7 foiz, «Mikrokreditbank» 25,5 foiz va «Madad Invest Bank» 27,9 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda.

Теглар

Мавзуга оид