Endi bank kartalari uchun ham «chiroyli raqam» tanlash mumkin

Бугун 18:552 дақиқа

O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari mijozlarga noyob va esda qolarli raqam kombinatsiyasiga ega bank kartalarini tanlash imkoniyatini taqdim etmoqda.

Endi bank kartalari uchun ham «chiroyli raqam» tanlash mumkin

O‘zbekiston bank xizmatlari bozorida nafaqat individual dizayn, balki karta raqamlarini tanlash (vanity numbers) xizmati ham ommalashib bormoqda. Bu xizmat orqali mijozlar o‘zlariga yoqqan raqamlar kombinatsiyasini (masalan, tug‘ilgan yil, telefon raqamiga o‘xshash raqamlar yoki chiroyli ketma-ketlik) tanlashlari mumkin.

Xizmat tartibi va narxlar

«Chiroyli raqam» tanlash xizmati hozircha asosan, «Apexbank» tomonidan taklif etilmoqda. Mijozlar bankning mobil ilovasi orqali o‘zlariga ma’qul raqam kombinatsiyasini tanlab, xizmat uchun belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

Bank tomonidan taklif etilayotgan raqamlar turli toifalarga bo‘linadi. Jumladan:

• takrorlanuvchi raqamlar — 1111, 2222, 7777, 8888, 9999;

• oynaviy kombinatsiyalar — 1221, 3443, 5665;

• ketma-ketliklar — 1234, 5678, 6789;

• individual kombinatsiyalar — so‘rov asosida (texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa) bo‘lishi mumkin va bunday raqamlar cheklangan miqdorda taqdim etiladi.

Narxlar tanlangan raqamning noyobligiga qarab belgilangan:

— BRONZA — 300 ming so‘m;

— KUMUSH — 500 ming so‘m;

— OLTIN — 1 million so‘m;

— PLATINUM — 3 million so‘m;

— ULTRA — 10 million so‘mgacha.

Ma’lumot uchun, karta raqamining dastlabki 6 yoki 8 raqami (BIN-kod) o‘zgarmaydi, chunki u bank va to‘lov tizimiga tegishli. Mijozlar faqat karta raqamining ikkinchi qismi — oxirgi 8 raqamni tanlash imkoniga ega.

Qo‘shimcha imkoniyatlar

Shu bilan birga, ayrim banklar:«Asakabank», «Tengebank», «SQB», «Aloqabank» mijozlar uchun individual dizayndagi bank kartalarini taklif qilmoqda. Bu orqali foydalanuvchilar karta tashqi ko‘rinishini shaxsiy didga mos ravishda bezash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Batafsil ma’lumotni banklarning rasmiy sahifalaridan olish mumkin.

Теглар

Мавзуга оид